Yoshlar yetakchilari uchun moʼljallangan “Yoshlar yelkani” dasturiga tanlov

Sizni Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “Yoshlar yelkani” nomli loyihasi uchun yoshlar yetakchilarining tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz 

“Yoshlar yelkani” loyihasi yoshlar yetakchilari, yoshlar bilan ishlovchi xodimlar, pedagoglar va fuqarolik jamiyati vakillari uchun uch bosqichli ikki yillik taʼlim dasturini, jumladan, oʼquv kurslari, onlayn treninglar, trenerlik, pilot loyihalar uchun mini grantlar va Germaniyaga taʼlim sayohatini oʼz ichiga qamrab oladi.

✅ Dastur maqsadlari:

– yoshlar yetakchilari, yoshlar bilan ishlovchi xodimlar, pedagoglar va fuqarolik jamiyati vakillarining inson huquqlari, atrof-muhit va tanqidiy fikrlashga oid taʼlim sohasidagi salohiyatlarini oshirish.

– Oʼzbekistonda yoshlar bilan ishlash tajribasi bilan boʼlishish va Yevropa tajribasiga ega boʼlgan trenerlardan norasmiy taʼlim amaliyoti va metodikasini oʼzlashtirish.

– Oʼzbekistonning turli hududlarida fuqarolik jamiyati (yoshlar tashabbuslari, NNT va boshqa tashkilotlar) bilan birga hamkorlik qilishga tayyor boʼlgan malakali trenerlar va norasmiy taʼlim fasilitatorlari hamjamiyatini yaratish.

✨ Dasturdan nimalar kutiladi:

– Ikki yil davomida “Yoshlar yelkani” taʼlim dasturi ishtirokchilarining professional va shaxsiy oʼsishi.

– Yevropadan kelgan mutaxassislar tomonidan shakllantirilgan koʼnikmalar uchun sertifikat berish.

– Loyihaning mikro-moliyalashtirishi hisobiga oʼz taʼlimiy tadbirlarini amalga oshirish imkoniyati

– Oʼzbekistonning turli hududlaridan va Yevropa Ittifoqi turli mamlakatlaridan taʼlim, inson huquqlari himoyasi, atrof-muhit sohasiga oid yangi aloqalar va tanishuvlar 

_______

Birinchi bosqich – 2023 yil 

_______

 Nima?

“Yoshlar yelkani” nomli taʼlimiy trening kursi 

Qachon?

2023 yilning 5 avgustdan 12 avgustgacha 

?Qaerda?

Toshkent viloyati, Boʼstonliq tumani, “Yoshlar oromgohi” 

_______

Ishtirok mezonlari:

Аgar 18-27 yoshda boʼlsangiz va siz:

?? inson huquqlari bilan qiziqsangiz:

?? atrof-muhit haqida qaygʼursangiz:

?? agar siz oʼzingizda muloqotchanlik, yetakchilik va fasilitatsiya koʼnikmalaringizni rivojlantirish, shuning bilan birgalikda oʼqish va boshkalarga yordam berishni hohlasangiz, u taqdirda…

“Yoshlar yelkani” dasturiga ariza topshirishga shoshiling!


? Ishtirokchilardan quyidagilar talab qilinadi:

-Belgilangan natijalarga erishish maqsadida loyihada imkon qadar uzoq muddat ishtirok etish (2023-2024);

– Trening mavzulariga qiziqish;

– Oʼzining mini-loyihalarini amalga oshirishga tayyorlik;

– Loyihaning boshqa ishtirokchilari va trenerlariga, shuningdek, ushbu dastur doirasida ilgari surilayotgan qadriyatlariga hurmat bilan yondashish.

?  Soʼrovnoma uchun ilova: forms.gle/cWEzTxsUDkDKaDtR8

⏰  Taqdim etish muddati: 2023 yilning 20 iyuniga qadar.

?? «Yoshlar yelkani – Oʼzbekiston xududlarida inson huquqlari va demokratiyani ilgari surishda fuqarolik jamiyatini qullab-quvvatlash» loyihasi «Yuksak Salohiyat» jamoat birlashmasi, «EKOMAKTAB» ekologik resurs Markazi, «Oʼzbekiston volontyorlar uyushmasi» tomonidan «CGE – Soziokulturelle initiative Erfurt» bilan xamkorlikda Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʼmagida amalga oshirilmoqda. Grant raqami: NDICI HR INTPA/2022/174917/15.

1 thought on “Yoshlar yetakchilari uchun moʼljallangan “Yoshlar yelkani” dasturiga tanlov”

  1. Hello, could you tell me please, when will the answers of the first selection process be released?

Comments are closed.